Kelishilgan uchrashuvda ishtirok etganligi ayblovi tufayli Agirre Yaponiya terma jamoasini tark etmaydi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2014, 16:43
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiy Xaver Agirre kelishilgan uchrashuvida ishtirok etganligi ayblovi sababli milliy jamoadan ketmoqchi emas.

Bu haqda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi vakili Xiromi Xara ma'lum qildi.

"Agirre nomiga bo'lag ayblov tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun futbolchi, muxlis va homiylardan uzr so'rayman. Ispaniya va Yaponiyadagi qonunlar bir-biridan farq qiladi. Hozirda bu ish bo'yicha ma'lumot yig'yapmiz. Ammo bizda Agirrega hech qanday shubha yo'q" - deydi Xara.

Eslatib o'tamiz, Agirre 2011 yil 21 mayda o'tkazilgan Primeroning so'nggi uchrashuvi hisoblanmish "Levante" - "Saragosa" uchrashuvining ishtirokchisi bo'lgan. "Saragosa" ikkinchi divizionga tushib ketmasligi uchun g'alaba qozonishi kerak edi va jamoa kerakli natijaga erishdi (2:1). Prokraturaning taxminiga ko'ra, "Levante" futbolchilari bu mag'lubiyat uchun 965 ming evro olishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com