
Terma jamoamiz safida bir qator iqtidorli va istedodli yoshlar bor. Ularni ruhiy bosimdan saqlashga harakat qilamiz. Yaponiyada juda kuchli va tajribali futbolchilar jamlanishgan. Jamoa sifatida ham katta kuchga egamiz. Jamoamiz hozir yaxshi formada deb ayta olaman. Umid qilamanki, biz Avstraliyada bo'lib o'tadigan musobaqada o'zimizni ko'rsata olamiz.