Keysuke Xonda: Milanga o'tish orzuimning amalga oshishi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2014, 08:59
Milan yarim himoyachisi Keysuke Xonda kecha Milanga uchib keldi va o'zining rossonerilar safiga qo'shilishidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Milanga kelishdan xursandman. Samoletda uxlab oldim, shu bois maydonga tushishga ham tayyorman. Yangi jamoadoshlarim bilan birga o'ynashni sabrsizlik bilan kutayapman. O'ylashimcha jamoaga yangi narsa bera olaman. Doim Milanning o'yinlarini kuzatardim, shu bois ozruim amalga oshidi.

Nagatomo bilan Italiya A seriyasi haqida gaplashgandim. U menga ko'p narsani aytib berdi. Maydonga tushishni kutayapman, – deydi Xonda Milan Channel efiri vaqtida.

Xondaning tanishtiruv marosimi 8 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru