Kechagi kun qahramonlari. FOTO

Narzulla Saydullayev
13 dek 2015, 12:30
Kecha Yevropa milliy chempionatlarida navbatdagi tur o'yinlari start oldi.

Biz kecha o'zini ko'rsatgan qahramonlar bilan tanishtiramiz.


"Manchester Siti" - "Suonsi" 2:1
Qahramon: Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida mehmonlar hisobni tenglashtirganida barcha "Siti" yana yuta olmaydi deb o'ylay boshladi. Biroq Yaya Turening ajoyib zarbasidan so'ng "shaharliklar" g'alabaga erishishdi. 




"Bornmut" - "Manchester Yunayted" 2:1
Qahramon: O'tgan turda "Chelsi"ni taslim qilgan "Bornmut" bu safar MYUni taslim qildi. O'yindagi hisobni Junior Stanislas ochdi. U burchak to'pidan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi va De Xeani ojiz qoldirdi.




"Darmshtadt" - "Gerta" 0:4
Qahramon: Tajribali Vedad Ibishevich bu turda "Darmshtadt" bilan bahsda dublga erishdi va Salomon Kaluga golli pas oshirdi.




"Bayer" - "Borussiya M" 5:0
Qahramon: Kun qahramoni meksikalik Xaver Ernandes bo'ldi. Chicharito o'tgan turda "Bavariya"ni taslim qilgan Menxengladbaxning "Borussiya" klubi bilan bahsda 13 daqiqa ichida 3ta gol  urishga erishdi.




"Udineze" - "Inter" 0:4
Qahramon: Argentinalik Mauro Ikardi "Udineze" bilan bahsda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga erishdi.




"Barselona" - "Deportivo" 2:2
Qahramon: "Barselona" bu turda ham yuta olmadi. Bunda "Deportivo" yarim himoyachisi Lukas Peresning xissasi katta bo'ldi. U jamoasi 0:2 hisobida yutqazayotganida gol urib hisobni qisqartirdi. So'nggi daqiqalarda esa uning pasidan so'ng Alexandro Bergantinos to'p kiritib hisobni tenglashtirdi - 2:2.




"Sevilya" - "Sporting X" 2:0
Qahramon: Mezbonlar hujumchisi Kevin Gameyro zaxiradan maydonga tushib dubl rasmiylashtirishga muvaffaq bo'ldi.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia