Kechagi kun qahramonlari. FOTO

Narzulla Saydullayev
27 dek 2015, 13:49
Kecha Angliya premer-ligasida 18-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Biz ushbu o'yinlarda qahramon bo'lgan futbolchilarni sizlarga tanishtiramiz. 


"Stok Siti" - "Manchester Yunayted" 2:0
Qahramon: "Manchester Yunayted" futbolchilarining darvozaga yo'llagan barcha zarbalarini qaytargan Jek Batlend qahramonga aylandi.


"Chelsi" - "Uotford" 2:2
Qahramon: Omadsizlik girdobidan chiqib keta olmayotgan "Chelsi" kecha Diego Kostaning ikkita goli evaziga bir ochkoni qo'lga kiritdi.


"Liverpul" - "Lester" 1:0
Qahramon: APL peshqadami bo'lib turgan "Lester"ni taslim etilishida Kristian Bentekening goli hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.


"Manchester Siti" - "Sanderlend" 4:1
Qahramon: "Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne 1ta gol urdi va 2ta golga pas oshirdi.


"Suonsi" - "Vest Bromvich" 1:0
Qahramon: Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosi Ki Son Yon kecha "Suonsi"ga g'alaba keltirdi.


"Tottenxem" - "Norvich" 3:0
Qahramon: "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn kecha dublga erishdi va bir yilda gol urish bo'yicha klubning rekordini yangiladi.


"Nyukasl" - "Everton" 0:1
Qahramon: "Everton" safida qahramon bo'lishi mumkin bo'lgan eng so'nggi futbolchilardan biri bu Tom Kleverli edi. Kecha aynan uning goli jamoasiga g'alaba keltirdi.


"Sautgempton" - "Arsenal" 4:0
Qahramon: "Kanonirlar"ning yirik hisobda tor-mor etilishida Sheyn Longning xissasi katta bo'ldi. U Arsen Venger jamoasi darvozasiga 2ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia