Kecha qo'rqinchli jarohat olgan "Neftchi" futbolchisi qachon safga qaytadi? VIDEO (+18)

Narzulla Saydullayev
23 sen 2018, 18:18
“Neftchi” – “Nasaf” bahsida mezbonlar yosh futbolchisi Avazbek O'lmasaliev kutilmaganda jarohat oldi va maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi.

Olib borilgan tibbiy tekshiruvlardan so'ng “Neftchi” klubi shifokorlari Avazbek O'lmasalievning jaroxati borasida ma'lumot berishdi. Klub doktori Muxiddin Mirzaev bergan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining jaroxati jiddiy bo'lib chiqmadi. Avazbek 15 kunlik davolanish jarayonlaridan so'ng yana mashg'ulotlarga qo'shilishi mumkin.

“Neftchi” PFK O'lmasalievga salomatlik tilaydi va tezroq safga qaytishiga umid bildiradi.


TAS-IX Emas


O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz