Kazemiro: "Tuxelga ishonmaymiz"

Оқил Абдубарноев
11 apr 2022, 21:33
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Kazemiro jamoasining "Chelsi"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final javob o'yinidagi kayfiyati haqida gapirdi.

“Ertaga juda qiyin o'yin bo'ladi. Dastlabki o'yindan keyin "Chelsi"da imkoniyat yo'qligini aytgan Tuxelga ishonmaymiz. Ertaga muxlislarning qo'llab-quvvatlashiga muhtojmiz", - dedi braziliyalik futbolchi o'yinoldi matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, "Stemford Brij"da bo'lib o'tgan ilk o'yinda "Real" Karim Benzemaning xet-triki evaziga "Chelsi"ni 3:1 hisobida mag'lub etgandi. Javob o'yini "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Uchrashuv 13 aprel kuni 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca