

Qayd etilishicha, agar jamoa Yevropa Ligasida g'alaba qozonsa va shu orqali Chempionlar Ligasiga yo'llanma olsa, bu holat ro'y beradi.
Agar jamoa bunga erishsa, 33 yoshli braziliyalik haftasiga 500 ming funt maosh ola boshlaydi. Krishtianu Ronaldu klubga ikkinchi marta kelganida shuncha maosh olgan.
"Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi yarim finalida Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi bahs olib boradi. Ilk o'yinda "qizil iblislar" 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan.



