Kazemiro: “Hammasi hozircha o'zimizga bog'liq”

Aslanov Jasurbek
25 noya 2020, 09:50
“Real” yarim himoyachisi “Inter”ga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Inter”da qoyilmaqom tarkib bor. Birinchi o'yinda xarakter namoyish etdik. Yakunda Rodrigo g'alaba golini urdi. Qaytaraman, o'sha bahsda alohida diqqat-e'tibor hamda ruhiy tayyorgarlik muhim rol o'ynagandi.

Biz chindan ham juda kuchli guruhga tushganmiz. Shunga qaramay biz unda birinchi o'rinni olishni istaymiz. Imkoniyat esa hamon bor. Hammasi hozircha o'zimizga bog'liq, shuning uchun ishlashda davom etish kerak”, - deydi Kazemiro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA