Kavanining agenti: "Agar unga "Barselona"dan taklif tushsa, Braziliya variantini ko'rib chiqmaydi"

Iskandarov Abdulaziz
24 dek 2021
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavanining agenti Andre Kyuri futbolchida klubni o'zgartirish niyati borligini ta'kidladi.

 - U "Manchester Yunayted"da o'zini baxtli his qilmayapti. Edinsoning Urugvayda fermasi bor va uyiga yaqinroq bo'lishni yaxshi ko'radigan yigit. Shubhasiz, agar unga "Barselona"dan taklif tushsa, u Braziliya variantini ko'rib chiqmaydi. Bugungi kunda "Barselona"da nimalar bo'layotganiga to'liq ishonchimiz komil emas. Kavani - futboldagi katta nom va unda kataloniyaliklar safida o'ynash uchun hamma narsa bor.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Torcedores