Kavani Neymar bilan sodir bo'lgan kelishmovchilik haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
3 may 2018, 15:44
PSJ hujumchisi Edinson Kavani mavsum boshida Neymar bilan sodir bo'lgan kelishmovchilik haqida aytib berdi.

"Neymar bilan o'rtamizda muammolar bo'lgani haqiqat. Bu haqida gaplashganmiz va men ko'proq u individual sovrinlar olishini istashimni aytganman. Biroq asosiysi shaxsiy emas, jamoaviy qiziqishlar ustunligi haqida ham gapirganman.

Men yulduz emas, futbolchiman. Agar jamoadoshlarimdan biri individual sovrin qo'lga kirita olsa, unga yordam berishga harakat qilaman. Ammo futbolchi birinchi navbatda jamoa haqida o'ylashi kerak. Vaqt o'tishi bilan bir-birimizni tushuna boshladik" - deydi Kavani.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC