Katanets Iroq va O'zbekiston chempionatini taqqoslashni istamadi

Aziz Tukhtamuradov
27 avg 2021
O'zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi Srechko Katanets Iroq va O'zbekiston chempionatlarini taqqoslash haqidagi savolga javob berishni istamadi.

"Iltimos oldingi ish joyim haqida savol bermang. Iroq men uchun tarixga aylandi. O'zbek futboli haqida savol berishingiz mumkin. Eng muhim narsa klublar bilan aloqamiz yaxshi bo'lishi kerak. Chunki futbolchilar ko'p vaqtini klubda olib boradi. Masalan, "Paxtakor" yoki boshqa o'zbek klubi OCHLni yutsa ajoyib bo'lardi. Shunda yaxshi saviyadagi futbolchilar ko'payadi", - dedi O'zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia