"Alijonov Toshkentda topshirgan MRT analizining tashxisi noto'g'ri ekan"

Narzulla Saydullayev
3 fev 2024, 17:48
O'zbekiston milliy terma jamoasi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha bosh murabbiy Yan Katanets Championat.asia sayti muxbiri Abdulvosit Bektemirovga eksklyuziv intervyu berdi.

Ushbu intervyuda Yan Katanets Hojiakbar Alijonovning jarohati borasida e'tiborga molik fikr bildirdi.

- Alijonovda jarohat borligini bilgan ekansizlar, ammo nega uni Suriyaga qarshi o'ynatdingizlar?

- Hojiakbar Toshkentda MRT (Magnit-rezonans tomografiya) analizini topshirgan ekan. Ushbu analizlarning javobi noto'g'ri ekan. MRT analizining javobiga ko'ra, u bemalol o'ynay olar edi. Lekin aslida bunday bo'lib chiqmadi. Toshkentda topshirilgan MRT analizining tashxisi noto'g'ri.

- Bu kimning xatosi bo'lishi mumkin. Bunday xatoga kim javobgar bo'lishi kerak?

- Bilmadim. Bu mening ishim emas. Men har bir futbolchi topshirgan analizni nazorat qila olmayman. Yana bir marotaba takrorlayman. Dekabrda oyida terma jamoa yig'iniga sog' bo'lib qo'shilgan futbolchilar hali jarohat olgani yo'q, - dedi Yan Katanets.

Eslatib o'tamiz, Alijonov Osiyo kubogining 1-turida Suriyaga qarshi bahsning birinchi taymida o'ynadi va tanaffusda almashtirildi. Shundan keyin u musobaqada boshqa maydonga tushmadi.


To'liq intervyuni bu yerda: INTERVYU

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia