Karrager: "MYUga yangi murabbiy kerak"

Alisher
19 okt 2021, 18:47
"Liverpul" sobiq o'yinchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" rahbariyatiga Ole Gunnar Sulsherni iste'foga chiqarishni maslahat berdi.

"Sulsher buyuk MYU tarixining bir qismi edi - bu ajoyib bo'lgandi. Ammo, Sulsher hozir nima qilmoqda? Men uning harakatlarini tushunmayapman.

Sulsher MYU ustozi sifatida APL yoki Chempionlar Ligasini yutmaydi. Bu Klopp, Tuxel yoki Gvardiola darajasidagi murabbiy emas.

MYUga liganing boshqa murabbiylari bilan raqobat qila oladigan mutaxassis kerak", - deydi Karrager.

O'xshash yangiliklar

AlisherMuallif
Manba: skysports.com