Karrager: “Liverpul”ning chempion bo'lishi qiyinlashib ketsada, Messini APLda ko'rish niyatidaman”

6 sen 2020, 08:35
“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager “Barselona” forvardi Lionel Messini APLda to'p tepishini ko'rish niyatida ekanligini bildirdi.

“Messini APLda to'p tepishini istayapman. Garchi u “Manchester Siti”da to'p tepib, “Liverpul”ga chempionlik poygasidagi kurashda qiyinchilik tug'dirsa ham...

Men har bir tur uchrashuviga borib, uning o'yinlarini maydondan kuzatib, tahlil qilmoqchiman. Agar u “Man Siti”ga o'tganida ajoyib ish bo'lardi. 

Garchi bu gaplarim g'alati tuyulsada, men uni “Liverpul”ga o'tishini istamasdim. Menimcha, “Liverpul”da “Siti”ga nisbatan jamoaviy etika muhim rol o'ynaydi. Chunki “shaharliklar” safida  futbolchilar ko'proq qandaydir mo'jizalar yaratishga harakat qilishadi. Shuningdek, ushbu transferning moliyaviy tomonlari ham  echinish xonasidagi muhitga ham o'z ta’sirini o'tkazmay qolmaydi.

Moliyaviy feyr-pley? Men bu haqda hech qanday ma'lumotga ega emasman. Ammo Messi faoliyatini Angliyada davom ettirsa, bu APL uchun judayam yaxshi holat bo'lardi”, dedi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com