Karrager finalda "Liverpul"ning imkoniyatlarini yuqori baholadi

Mirjalol Normatov
27 may 2022, 00:55
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager YCHL finalida mersisaydliklarning imkoniyatini yuqori baholadi.

"Ushbu mavsumda "Real"ning bir qancha o'yinlarini ko'rdim. Ular YCHLning o'zida "Liverpul"ning ushbu mavsumdagi mag'lubiyatlaridan ko'ra ko'proq yutqazdi. "Real" - ajoyib jamoa, biroq ular "Manchester Siti" kabi kuchli emaslar. Balki "Real" "Chelsi"ning darajasidagi jamoadir. Aslida "Man Siti" "Real"ni o'z maydonida kamida 6:2 hisobida yutishi kerak edi.

Albatta, bittali o'yinda "Real"ning imkoniyati kattaroq bo'ladi. Agarda "Siti" yoki "Liverpul" "Real" bilan birga eng optimal tarkibda o'ynashsa, bemalol o'z o'yini bilan Madrid klubini mag'lub eta oladi, bunga ishonaman", - dedi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal