

"Ertaga O'zbekistonga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi. Oldinda uchta muhim o'yin bor, ulardan birinchisi O'zbekiston bilan bo'ladi.
O'zbekiston oldinlari doim biz bilan kuchli o'ynagan. Ularni mag'lub etish doim og'ir bo'lgan. Ularning safida texnik kuchli futbolchilar bor. Futbolchilarimiz va jamoamiz ertangi bahsga tayyor. "Ozodi" stadioniga keladiganlar biz uchun 12-o'yinchi bo'lishlariga ishonaman. Orzuni amalga oshirish uchun harakat qilamiz.
Kerakli natijaga erishishga ishonaman. Albatta bizda ishonch bor, ammo raqib ham anoyi emas", - deydi Keyrush.




