Karlos Tevesdan insoniylik namunasi (FOTO+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
24 noya 2018, 17:01
Bugun, 24 noyabr kuni "Boka Xuniors" hamda "River Pleyt" o'rtasida Libertadores Kubogining ikkinchi final o'yini bo'lib o'tadi.

Ushbu finaldan ikki kun oldin "Boka Xuniors" o'z stadioni - "Bombanero"da muxlislar uchun ochiq mashg'ulot o'tkazdi. 54 ming sig'adigan arenaga 49 ming ishqiboz tashrif buyurdi.

Mashg'ulot paytida muxlislardan biri panjara oshib, futbolchilar tomon yugurdi, biroq uni xavfsizlik xizmati xodimlari ushlab olishdi.

Kutilmaganda vaziyatga "Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves aralashdi va xodimlardan ishqibozni qo'yib yuborishni so'radi va aynan shu muxlisni futbolchilar bilan salomlashishiga imkoniyat yaratdi.



Bundan ta’sirlangan kutilmagan mehmon yig'lab yubordi va Tevesni bag'riga bosdi.


TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/433