Karlos Teves: "Guruhdan chiqish uchun "Real"ni kamida bir marta mag'lub etish lozim"

Tolibjon Qosimov
23 okt 2013, 17:40
"Yuventus" hujumchisi Karlos Teves "Real"ga qarshi ikkita o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Guruhdan chiqish uchun "Real"ni kamida bir marta mag'lub etish lozim. Qayerdaligi farqi yo'q, uydami yoki "Bernabeu"dami.

Men "Manchester Siti" safida bu stadionda o'ynaganman, muhit juda ajoyib bo'ladi. Ammo biz u erga qo'rquv bilan ketayotganimiz yo'q, futbolda qo'rquvga o'rin yo'q.

"Real" – bu doim "Real". Bu huddi "Manchester Yunayted"dek klub", – deydi Teves.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru