Karlo Anchelotti: Shunday fantastik jamoa murabbiyi ekanim mening omadim

Narzulla Saydullayev
13 avg 2014, 10:24
Real ustozi Karlo Anchelotti Yevropa Superkubogi uchun o'yinda Sevilya ustidan qozonilgan (2:0) g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
– Shunday ajoyib tarkib bilan yangi davrni boshlay olamiz. Ushbu fantastik jamoa bosh murabbiyi ekanligim mening omadim. Barcha musobaqalarda g'olib chiqishga urinamiz.

Sevilya biz kutgandek o'ynadi – himoyalandi va qarshi hujumga o'tdi. Ularning qarshi hujumlarini zararsizlantira oldik.

Krishtianu g'aroyib o'yin o'tkazdi. U o'zining ikkita fantastik gollari bilan bizga g'alaba olib keldi. Ronaldu ajoyib o'ynadi, – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru