Karlo Anchelotti: “Real”da ikkita ajoyib darvozabonga ega”

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013, 17:15
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, klubning asosiy darvozaboni bo'yicha fikr bildirib o'tdi.

“Real” ikki ajoyib darvozabonga ega. Biroq ular mening qarorimga va klub manfaatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.

Bu masalaga ko'p e'tibor berilayapti va ko'plab bahslar bo'layapti. Muxlislar bitta narsani tushinishlari kerak, maydonga Iker ham Diego ham tushmaydi. Birinchi navbatda maydonga faqat “Real” darvozaboni chiqadi.

Murabbiy jamoaga manfaat keltiradigan qarorlarni qabul qilishi kerak”, - Anchelottining so'zlarini keltiradi “Real” klubi rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru