Karlo Anchelotti: “Ramos bemalol hujumda ham harakat qilishi mumkin”

Aslanov Jasurbek
16 dek 2016, 01:59
“Bavariya” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Real” himoyachisi Serxio Ramosning hujumkorlik xususiyatlari haqida to'xtalib o'tdi.

“Ramos ajoyib gollarni urishda davom etmoqda. U raqib darvozasi oldida  jamoasi hujumini muvaffaqiyatli yakunlay oladi.

Umuman olganda u kerak paytda bemalol hujumchi hujumchi ham bo'lishi mumkin. Bazida men unga hazillashib, “seni markaziy hujumchi rolida sinab ko'rmoqchiman” derdim.

Ramosning fel-atvori va maydondagi hatti harakatlari jamoasi uchun juda muhim. Uning chempionlar ligasi finalining 93-daqiqasida kiritgan goli esa mening “Real”dagi faoliyatim davomida eng muhim va esda qolarli  holat bo'lgan edi”, deydi Anchelotti.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif