Karlo Anchelotti: “Birinchi navbatda bizga natija kerak edi”

24 okt 2013, 11:03
“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, Chempionlar ligasi 3-tur guruh bosqichi doirasida “Yuventus” ustidan uyda erishilgan g'alabadan so'ng, uning jamoasi judayam qiyin kechgan o'yinda g'alaba qozona olganini aytib o'tdi.

“Biz juda qiyin o'yinda g'alaba qozona oldik. Biroq bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Nima bo'lgan taqdirda ham biz uchun birinchi o'rinda natija hisoblanadi. Fikrimcha bizning o'ng qanot himoyamiz birmuncha oqsoqlandi. Shuni inobatga olmasak “Real” yaxshi o'yin namoyish etdi.

Biz uch marotaba 4-3-3 sxemasi bo'yicha o'ynadik. Ushbu strategiyada jamoa o'zini erkin his etadi, shu sababli bir narsani o'zgartirishdan hech qanday foyda yo'q. Garet Beylga o'ng qanotda o'ynash yoqadi va shuning uchun futbolchi bundan keyin har doim o'ng qanotda o'ynashni davom ettiradi. Biz o'z kuchimizga ishonamiz”, - murabbiyning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.


Manba: football.kulichki.net