

"Menimcha, Asensio yaxshi ko'rinmoqda. U qoladimi, yo'qmi buni bilmayman. Bu meni unchalik ham xavotirga solmayapti.
Ushbu mavsum bizda jiddiy vazifalar bor. Muhimi, Asensio jamoaga o'tgan mavsum kabi yordami tegsin.
U shu tempda davom etavergani maqul. Eng to'g'ri qarorni esa klub hal qiladi", - deydi Karlo Anchelotti.



