

"Bavariya" hatto Superliganing muhokamasida ham ishtirok etmagan. Ayni damdagi futbol siyosati futbolning rivojlanishini kafolatlashini bilib turibmiz. Biz YCHLda o'ynashda davom etamiz. Ushbu turnir Yevropa futbolining rivojini oshiradi. Balki, kichik o'zgarishlar saralash bosqichini yanada hayajonli va hissiyotlarga boy qilishi mumkin.
Ammo koronavirus pandemiyasi sababli g'aznasi bo'shab qolgan klublarga Superliga yordam beradi, deb o'ylamayman. Undan tashqari, Yevropadagi barcha klublar pul ishlatishdagi tizimini, shuningdek, futbolchilarga maosh, agentlarga gonorar berishda yaxshiroq ishlashlari kerak deb hisoblayman", - dedi Karl-Xaync Rummenigge.



