Karim Benzema: "Osasuna"ga qarshi o'ynashni istayman"

Mirjalol Normatov
28 sen 2022, 23:15
"Real" futbolchisi Karim Benzema navbatdagi uchrashuvga tayyorgarligi haqida gapirdi.

Madrid klubi 2 oktyabr kuni "Osasuna"ga qarshi o'ynaydi.

Fransiyalik futbolchi esa 6 sentyabr kuni YCHL doirasida "Seltik"ka qarshi o'yinda olgan jarohatidan forig' bo'ldi.

"Qaytishdan mamnunman. O'zimni juda yaxshi, qulay his qilyapman. Yakshanba kungi o'yinda qatnashishni istayman.

Jamoa ajoyib o'yin ko'rsatayotganini ko'ryapman. Futbolchilarning xarakteri, g'oliblik uchun tashnaligi menga yoqdi. Shu sababli aytishim mumkinki, zaxirada o'tirganlar ham, asosiy tarkib futbolchilari ham deyarli teng darajada", - dedi Benzema.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As