Karim Benzema Yevropaning TOP jamoasiga o'tishi mumkin

Khoja
11 yanv 2024, 07:23
“Al Ittihod” hujumchisi Karim Benzema qishda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin.

36 yoshli hujumchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin. Parijliklar hujumchini 6 oyga ijaraga olishni reja qilishgan.

Avvalroq, hujumchi Saudiya Arabistonidagi sharoitdan noliyotgani va tezroq Osiyodan ketishni o'ylayotgani haqida gapirilgandi.

Ma'lumot uchun, Benzema joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 12 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com