Kapello: "Ibragimovich "Milan"ga o'tsa, Italiya qahramoniga aylanadi"

Mirjalol Normatov
9 noya 2019, 19:27
Italiyalik afsonaviy mutaxassislardan biri Fabio Kapello "Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning "Milan"ga qaytishi mumkinligi borasidagi savollarga javob berdi.

"Ibragimovich bilan shartnoma imzolash - "Milan" uchun ajoyib bo'lardi. U hali ham jamoani kuchaytira oladigan darajada. Uni yaxshi bilaman. Agarda u "Milan"ga qaytadigan bo'lsa, Italiya uchun qahramonga aylangan bo'lardi", - dedi Kapello.

38 yoshli shvetsiyalik futbolchi 2010-2012 yillar davomida "Milan" tarkibida 85 o'yinda 56 gol kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express