

Uning xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Fransiyalikning London klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Shunday ekan, futbolchi 1 yanvardan boshlab boshqa klublar bilan muzokara o'tkazishi mumkin. Kataloniyaliklar yozda jamoani tark etadigan Serxio Buskets o'rniga yarim himoyachi qidirishmoqda. Direktorlar kengashi, sport bo'limi va murabbiylar shtabini Kante varianti qoniqtirmoqda. Buning ustiga futbolchi "Barselona"ga tekinga o'tishi mumkin.



