N'Golo Kante "Parij"ga o'tishi mumkin edi

Iskandarov Abdulaziz
4 sen 2025, 11:13
Londonning "Chelsi" klubi sobiq yarimhimoyachisi N'Golo Kante Saudiyaning "Al-Ittihod" jamoasidan Yevropa futboliga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqqan.

 L`Equipe nashri ma'lumotiga ko'ra, yaqinda Liga 1ga ko'tarilgan "Parij" klubi tajribali tayanch yarimhimoyachini transfer qilishga jiddiy qiziqish bildirgan. Yozgi transfer oynasi doirasida poytaxt klubi futbolchi o'tkazilishi bo'yicha muzokaralar olib borgan, ammo saudiyaliklar bilan kelishuvga erisha olmagan. 

Kantening transfer bahosi taxminan 5 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: L`Equipe