Kante Londonda yil futbolchisi, Alli - eng yaxshi yosh futbolchi

Aslanov Jasurbek
3 mar 2017, 12:43
"Chelsi" yarim himoyachisi N’Golo Kante Londonda yil futbolchisi deb topildi.

Futbolchiga sovrin London Football Awards 2017 marosimida topshirildi.

O'tgan mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi "Lester Siti" bilan Angliya chempioni bo'ldi, joriy mavsumda esa "Chelsi" bilan yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Fransiyalik futbolchi ushbu sovrin uchun kurashda Diego Kosta, Aleksis Sanches, Denni Rouz va Dele Allidan ustun keldi.

Dele Alli Londonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Eng yaxshi posbon sovrini Ugo Lorisga topshirildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC