Kanisaresning fikricha, ispaniyaliklar avvalgidek nemis jamoalaridan qo'rqishmaydi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2016, 10:12
"Real" va "Valensiya" sobiq darvozaboni Santyago Kanisaresning fikricha, ispan klublari avvalgidek nemis klublari qarshisida qo'rquvni his qilmaydi.

"Ispan jamoalari nemis klublariga qarshi mehmondagi uchrashuvda deyarli qo'rqishmaydi. Germaniyaga borish "Real" uchun doimo yoqimli bo'lmagan. Buni "Real" va "Bavariya" o'rtasidagi bazi tarixiy uchrashuvlar isbotlaydi. Ammo ispanlar bir kun kelib nemis klublariga bo'lgan haddan tashqari hurmatdan qutilishlari kerak edi va bu sodir bo'ldi" - deydi Kanisares.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz.de