Kanisaresning fikricha, "Real" Mourinyoni boshqa taklif qilmasligi kerak

Aslanov Jasurbek
19 dek 2015, 14:16
"Valensiya" va Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Santyago Kanisares "Chelsi" sobiq ustozi Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi mumkinligi haqida izoh berdi.

"Uning "Real"ga qaytishini tasavvur qila olmayman. Jozening "Real"dagi davri tugagan. Shaxsan menga uning feli yoqmaydi. "Real" barcha joylarda namuna bo'la oladigan klub bo'lishi lozim, Mourinyo esa bu joyga to'g'ri kelmaydi" - deydi Kanisares.

Mourinyo 2010 yildan 2013 yilgacha "Real"ni boshqargan va klub bilan Ispaniya Kubogi, mamlakat chempionati va Ispaniya Superkubogida zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca