Kanchelskisdan Mourinyoga maslahat

Mirjalol Normatov
18 dek 2018, 20:30
"Navbahor" bosh murabbiyi, "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis bugun iste'foga chiqarilgan Joze Mourinyoga tavsiya berdi.

"U biroz vaqt futboldan ketishi va dam olishi kerak. Doimiy ish juda ham og'ir. Mourinyo ham dam olmaganiga ancha vaqt bo'ldi. Angliyada futbol to'xtamaydi. Shu boisdan ham biroz hordiq kerak.

"Yunayted"dagi ichki muammolar juda ko'p. Shu boisdan rahbariyat MYUning ichida bo'lgan insonni bosh murabbiy qilib tayinlashi kerak. Yani, jamoani yaqin vaqtlar ichida boshqaradigan inson barcha muammolarni bilishi lozim", - dedi Kanchelskis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru