Kambyasso va Milito “Inter”ni tark etishi mumkin

Narzulla Saydullayev
4 sen 2013, 15:46
“Inter” klubi yarim himoyachisi Esteban Kambyasso va hujumchi Diego Milito jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi Calcio Mercato.

Muammo shundaki bu ikki futbolchi katta maosh oladi, shu bilan birgalikda futbolchilarning yoshi ham katta - Kambyasso 33 yoshda, Milito esa 34 yoshda. Bundan tashqari bu futbolchilarning shartnomasi ushbu mavsum oxirida tugaydi. Agar argentinalik futbolchilar “Inter” klubi bilan shartnomani uzaytirmoqchi bo'lsalar, kamroq maosh olishlariga to'g'ri keladi.

Kambyasso “Inter”ga 2004 yilda o'tgan va shu kunga qadar Italiya chempionatida 255 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol urishga va 9 ta golli to'p uzatishni amalga oshirishga erishgan. Milito esa klub safiga 2009 yilda o'tgan va A seriyada 111 ta o'yin o'tkazib, 60 gol urishga va 17 golli to'p uzatishni amalga oshirishga erishgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru