Kamavinga bu mavsum "Renn"da qoladi. Uning uchun "Real", PSJ va MYU da'vogarlik qilmoqda

Alisher
22 avg 2020, 13:30
"Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga joriy mavsum klubdan ketmasligini bildirdi.

17 yoshli fransiyalik futbolchi uchun "Real", "Pari Sen-Jermen" va "Manchester Yunayted" klublari kurash olib bormoqda.

"Menda yana 2 yillik shartnoma bor. Bu mavsum "Renn" safida to'p tepaman.

Mish-mishlar meni qo'rqitmaydi. Bu futbol. To'g'ri gaplar ham, noto'g'ri gaplar ham bor", - deydi Kamavinga.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Telefoot