Kafu: "Flenaganning ko'zlarida qatiyatlikni ko'rdim"

Tolibjon Qosimov
19 may 2014, 17:48
Mashhur sobiq futbolchi Kafu "Liverpul" himoyachisi Jon Flenaganning "Nyukasl"ga qarshi o'tkazgan o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Afsonaviy futbolchi "Enfild"ga kelib o'sha o'yinni tomosha qilgandi.

"Flenagan ajoyib futbolchi. Juda yosh bo'lishiga qaramay o'z klubida yaxshi o'ynamoqda, yaqin orada termaga ham chaqiriladi. Agar barchasi yaxshi ketsa u Angliya futboli yetakchilaridan biriga aylanadi. Uni "yangi Kafu" deb atashdi, uni shaxsan ko'rishga qaror qildim. Jonning ko'zlarida faqat tezlikni emas qatiyatlikni ko'rdim. Ha, u menga o'xshar ekan. Flenagan ham men kabi ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishini istayman", - deydi Kafu.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net