"Kadis" o'yinchisi: "Messi libos almashishga vada berdi, ammo o'yindan so'ng uni berib yuborganini aytdi"

Alisher
9 dek 2020, 11:24
"Kadis" hujumchisi Alberto Perea Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinda "Barselona" sardori Lionel Messi bilan libos almashishga urinib ko'rdi.

Kataloniyaliklar o'yinda 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.

"O'yindan oldin u menga libos almashishni vada berdi. O'yindan so'ng esa uni berib yuborganini aytdi.

Men bunday bo'lmadi deb o'ylayman, sababi Leoning jahli chiqqan edi va menga deyarli qaramadi", - deydi Perea.

"Kadis" ayni damda jadvalda 5-o'rinda bormoqda, "Barselona" esa 9-o'rinda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sur Radio