Kabalero: "Manchester Siti"ning asosiy posboni bo'lmoqchiman"

Narzulla Saydullayev
12 avg 2014
"Manchester Siti" darvozaboni Villi Kabalero klubning asosiy darvozaboni bo'lish niyatida ekanini ma'lum qildi.
"Ha, men jamoaning asosiy posboni bo'lmoqchiman. "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tushish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. "Siti"ga o'ynash uchun kelganman.

"Uembli"dagi o'yin men uchun muhim edi, maydonga tushganimdan xursandman, lekin natijadan qoniqmadim. Xatolarni takrorlamaslik kerak".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru