

Hamyurtimiz Rustam Ashurmatov to'p tepayotgan "Kanvon" o'z uyida "Tegu"ni qabul qildi va ishonchli (2:0) hisobda g'alaba qozondi. Himoyachimiz o'yinda to'liq harakat qildi. "Kanvon" ayni damda jadvalda 8-o'rinda bormoqda.
"Kanvon" - "Tegu"
Gollar: Lim Chan Vu (69), Cho Che Van (81).
O'zbekistonlik xavbek Jamshid Iskanderov harakat qilayotgan "Seongnam" esa "Suvon" mehmoni bo'ldi va qiyin uchrashuvda 3 ochkolik bo'ldi. Yarim himoyachimiz 25-daqiqada Chay Vu Kangning o'rniga maydonga tushdi va bahs so'nggiga qadar harakat qildi. E'tiborlisi, hamyurtimiz 89-daqiqada Mulich tomonidan urilgan hal qiluvchi golga assistentlik qildi.
"Suvon" - "Seongnam" 1:2
Gollar: Dumitru (57) - Vindbixler (26), Mulich (89, assist - Iskanderov)



