K-Liga. Ashurmatov jamoadoshlari Tursunov jamoasi ustidan irodali g'alabaga erishdi, Aliboev jamoasida yirik mag'lubiyat

14 iyun 2020, 17:25
Janubiy Koreya chempionati 6-turi doirasida bir qator uchrashuvlar o'z nihoyasiga etdi.

E'tiborli tomoni ushbu turda hamyurtlarimiz Rustam Ashurmatov to'p tepadigan “Kvandju” klubi o'z maydonida Dostonbek Tursunov sharafini himoya qiladigan “Busan” jamoasini qabul qilib, irodali g'alabaga erishdi -3:1. O'zbekistonlik futbolchilar uchrashuvda 90 daqiqa mobaynida maydonda harakat qilishdi.

Yana bir hamyurtimiz Ikrom Aliboev to'p tepadigan “Seul” klubi esa safarda “Tegu”ga qarshi bahsda o'z darvozasidan javobsiz oltita gol o'tkazib yubordi. Sirdaryolik futbolchi mazkur bellashuvda 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia