

"Atletiko"dan 2:5 hisobida mag'lub bo'lganimizdan ko'p xulosa chiqardik. Revansh olamiz.
Ertaga mag'lub bo'lsak, Xabi Alonso iste'foga chiqdimi? Bu bizga bog'liq emas. Men faqat o'zimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, biz Xabi Alonso bilanmiz. Barchamiz uning ortidamiz.
Vini ajoyib o'yinchi. 17 ta o'yinda 0 ta gol? Bu vaziyatni to'liq ochib bera olmaydi. U har doim o'yinni quradi, assist beradi va xavf yaratadi. Biz unga yordam berishimiz kerak.Oldingi mavsumdan ko'ra kam gol urayotganim bor gap. Boshida men jarima maydoniga yaqin o'ynardim. Hozir, Kilian kelganidan keyin men ortroqda o'ynayapman.
Xabi Alonso doimgidek pozitiv. Oldin ham aytganman, hozir ham aytaman: biz Xabi Alonso bilanmiz.
"Real"ga ko'proq ingliz futbolchilar kelishini so'raganmanmi? Bo'lmagan gap. Biror o'yinchida bunaqa huquq bo'lmasa kerak.
Nodirxo'ja Yuldashev, Jidda shahridan eksklyuziv




