

Hamyurtimiz Fozil Musaev o'yinni asosiy tarkibda boshladi. "Kavasaki"ga qarshi bahsda hisobni mehmonlar ochdi. "Jubilo Ivata" futbolchisi Xayao Kavabe ilk golga mualliflik qildi. Mezbon jamoa futbolchisi Eduardo 12-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Sakurauchi esa yana "Jubilo Ivata"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Fozil Musaev 53-daqiqada ilk sariq kartochkasini oldi. 20 daqiqadan so'ng yarim himoyachimiz ikkinchi marotaba sariq kartochka bilan ogohlantirildi va u maydonni tark etdi.
"Kavasaki" - "Jubilo Ivata" 2:5
Gollar: Eduardo 12, Morimoto 82 - Kavabe 8, 55, Sakurauchi 24, Adaylton 59, Kavatama 61.




