Joziba kerakmi, Pro ligaga boring!

Xabaringiz bor, 8 iyun kuni mamlakatimiz chempionati 2-divizionining 10-tur bahslariga o'z taxminlarimizni bildirgandik.

"Navbatchi o'yinlar". "Neftchi" Toshkentda ochko yo'qotadi, "Oqtepa" G'ijduvonda...

O'sha materialning yozilishiga muxlislarning o'zbek futbolida navbatchi o'yinlar ko'pligi haqida fikrlari sabab bo'lgandi. Bugun tur natijalaini taxmin qilib, maqoladagi taxminlar o'zini qanchalik oqlaganini tekshiramiz.

"Buxoro"dan yirik g'alaba... → X

Tur doirasidagi 1-o'yinda sensaciya qayd etildi. Safarda umuman ochko ololmagan "Oqtepa" chempionlik uchun kurashayotgan "Buxoro" maydonida katta hisobda mag'lub bo'lishini kutgandik. G'ijduvondagi o'yin haqida ko'p gapirildi, yakuniy natijadan xabardorsiz.

Abduraimovning mag'lubiyatsiz yurishi tugaydi → +

Bu taxmin o'zini oqladi. Hakim Fuzaylov boshchiligidagi "Dinamo" Sirdaryoda 3 ochko ishlab oldi va 2-o'ringa ko'tarildi.

"Aral Samali" safardagi ilk g'alabasini tantana qiladi → +

"Sho'rtan" maydonida o'tgan o'yin borasidagi taxmin ham o'zini oqladi. Nukus klubi safar o'yinlaridagi 1-g'alabasini qo'lga kiritib, ochkolari sonini 9 taga etkazib oldi.

"Neftchi" markaziy bahsda ochko yo'qotadi... → +

Mana shu fikr farg'onalik ko'plab muxlislarning noroziligini keltirib chiqardi va manzilimiz haqoratli xatlarga to'lib. Mana, o'yin o'tdi. Natija esa o'rtada...

Qo'shimcha: Jurnalistikada taxminlar, prognozlar aniq tahlilga asoslanadi (oldingi materialda bo'lgani kabi). Qushlarning uchishi yoki rasmlarga emas. Buni tushunmaydigan oramizdagi bazi aqlli yurtdoshlarimizdan ozgina sabrli bo'lishni so'raymiz.

Yuqorida tur sensaciya bilan boshlangani haqida aytdik. Futbolning jozibasi mana shunday kutilmagan natijalarga bog'liq. Pro ligani zerikarli, navbatchi o'yinlarga boy degan yurtdoshlarimizga turnirning har turida sensaciya(lar) sodir bo'layotganini eslatib o'tamiz. 

Masalan, bugun "Jar" stadionida o'tkazilgan o'yinni olaylik. Superliga darajasidagi tajribali o'yinchilardan tuzilgan "Neftchi"ning 19 yoshli yigitchalardan tuzilgan "Olimpik"ga engilishini kim kutgandi (albatta, mendan tashqari)? Ha, bu - sensaciya. Bugun "Neftchi" yutqazdi, ammo futbol va muxlislar yutdi. Boisi shundaki, agar Farg'ona klubi 3 ochko olsa, "Neftchi" va 4-o'rindagi "Olimpik" orasida 8 ochkolik tafovvut yuzaga kelardi. Bu o'z-o'zidan intrigani o'ldiradi. Turnir jadvali hozir quyidagi holatda (ko'rib, ko'zing quvonadi):

Qarang, 10-turdan keyin 1 va 4-pog'ona o'rtasida 2 ochkolik farq. Bunaqasi oxirgi yillarda Superligada ham sodir bo'lmayotgan edi. Xullas, elita yo'llanmasi uchun kurash taqdiri so'nggi turga qadar davom etadigandek. Endi ayting, joziba shumasmi?


Manba: championat.asia