Joze Mourinyu: "Men shijoatga to'laman"

Alisher
30 iyul 2019
"Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Real" sobiq ustozi Joze Mourinyu ishsiz hayotdan zavqlana olmayotganligini aytdi.

- Menda o'ylab olish uchun va tahlil qilish uchun vaqt bo'ldi. Men shijoatga to'lganimni angladim. Do'stlarim menga hayotdan zavqlanishim kerakligini aytishdi. Imkoniyatimni kutishim kerakligini bilsamda, men futbolsiz hech narsa qila olmayman.

56 yoshli portugaliyalikning oxirgi ish joyi "Manchester Yunayted" bo'lgan edi.

Joze MYUdan tashqari "Benfika", "Unian Leyriya", "Portu", "Chelsi", "Inter" va "Real" kabi klublarda ham ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SkySportsNews