Joze Mourinyu: “APLning bazi klublari xohlagancha pul sarflab, eng yaxshi futbolchilarni qo'lga kiritmoqda”

18 iyul 2020, 09:50
“Tottenxem” ustozi YCHLga qaytish uning jamoasi uchun oson bo'lmasligini tushuntirdi.

“Bazi klublar uchun bu juda ham oddiy vazifa. Ular qoidalarni buzmoqda. Moliyaviy Fair Play haqida unutib, shunchaki eng yaxshi futbolchilarni qo'lga kiritishmoqda. Ammo bazilar uchun bu juda ham qiyin. Biz qoidalarga amal qilinishini xohlaymiz. Faqat sog'lom raqobat haqida o'ylaymiz. Bunday klublarga esa og'ir”, - deydi Mourinyu.

Avvalroq Joze “Manchester Siti”ning evrokuboklardan chetlatish to'g'risidagi qarorni sharmandali deb atagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail