Joze Mourinyo: Qo'shimcha vaqtlarni o'ynashimiz kerak edi, ammo kubok bizning qo'limizda

Narzulla Saydullayev
27 fev 2017, 01:33
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo Angliya liga kubogi finali doirasidagi Sautgempton bilan o'yindan so'ng (3:2) o'z fikrlarini bildirdi.

To'g'risini aytsam g'alabani Ibragimovich olib berdi. Pogba ham u bilan teng o'ynadi.

Raqib bizdan yaxshiroq o'ynadi va qo'shimcha taymlar bo'lishi kerak edi. Ammo Zlatan muhim rol o'ynadi va bizga kubokni keltirdi.

Hozir ancha hissiyotga berilganman, ko'p sovrin yutish ham oson emas.

Sautgempton bizga munosib qarshilik qildi. Qo'shimcha vaqtlarni o'ynashimiz kerak edi, ammo kubok bizning qo'limizda, g'aroyib, – deydi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com