Joze Mourinyo: "Ko'p narsalardan noliganman, lekin jarohatlardan emas"

Tolibjon Qosimov
4 noya 2017, 15:52
"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo jarohatlangan o'yinchilar mavzusida nolishga o'rganmaganini aytib o'tdi.

"Hech kim bizning jarohatlarimiz haqida gapirmayotgani mening aybim. Men har hafta bundan nolishim va bu haqda hammaga eslatib turishim kerak. Men har kuni, har tur, har bir matbuot anjumanida nolishim mumkin. Shuning uchun aybdor menman. Lekin, bu mening qarorim. Bu muammolarni hal etish uslubim. Bu jarohatlanganlar o'rniga maydonga tushadigan o'yinchilarni hurmat qilish va ruhlantirish uslubim. Balki, bu borada o'z poziciyamni o'zgartirishim kerakdir. Men ko'p narsalardan noliganman, lekin jarohatlardan emas", - dedi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com