Joze Mourinyo: "Kloppdan farqli ravishda, men maydon chetiga shug'ullantirish uchun chiqaman"

Aslanov Jasurbek
17 okt 2016, 11:05
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Liverpul"ga qarshi bahs oldidan raqib jamoa ustozi Yurgen Kloppning harakatlari haqida fikr bildirdi.

"Men maydon chetiga qo'llarimni silkitish uchun emas, shug'ullantirish uchun chiqaman" - deydi Mourinyo.

Bu Mourinyo va Klopp jamoalari o'rtasidagi to'rtinchi bahs bo'ladi. 2012/13 mavsumdagi Chempionlar ligasi yarim finalida Dortmundning "Borussiya"si ikki uchrashuv natijasiga ko'ra Joze boshqargan "Real"ni mag'lub etgan. O'tgan mavsumda Klopp qo'l ostidagi "Liverpul" "Chelsi"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru