

- O'yin biz uchun og'ir o'tdi. Birinchi bo'limda gol urishimiz mumkin edi. Agar to'p kiritganmizda barchasi boshqacha bo'lardi. Raqib yaxshi o'ynadi. "Zarya" katta kuch bilan himoyada o'ynashini kutgandik. Imkoniyatni kutdik va g'alabaga erishdik. Oldingi haftada biz uch marta yutqazgandik, bu haftada esa ketma-ket uchta g'alabaga erishdik. Mag'lubiyatlar vaqtida men tushkunlikka tushmagandim, hozir ham baxtdan osmonga sakrayotganim yo'q, - deydi Mourinyo VVS nashriga.



